AsosiyDunyo

Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Erkaklar mo‘rini ko‘tarishga uringanida behosdan elektr simlariga tegib ketgan.

'Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Buxoro viloyati, Buxoro tumani, "Sheyxoncha" mahallasida 2 kishi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda tuman prokuraturasi darakchi.uz’ga xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 19 iyul kuni tunda sodir bo‘lgan. "Sheyxoncha" mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli nonvoyxona ishchilari qo‘lbola usulda yasalgan mo‘rining joyini o‘zgartirishga uringan. Ular mo‘rini yuqoriga ko‘tarishga harakat qilgan, shunda mo‘ri 3,5 metr balandlikdagi yuqori kuchlanishdagi elektr simiga tegishi oqibatida 4 nafar erkakni tok urgan. Ulardan ikki nafari tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafari tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlarning ismi-sharifi tahririyatga ma’lum.

Holat bo‘yicha halok bo‘lgan fuqarolar murdasi sud tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan hamda shifoxonaga yotqizilganlarga sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Buxoro tumani IIB huzuridagi tergov guruhi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar