21 iyul kuni Kaspiy dengizida Rossiya va Eronning “Kaspiy dengizida qo‘shma dengiz-qutqaruv mashg‘ulotlari – 2025” nomli harbiy-amaliy mashg‘ulotlari boshlandi. Unda Eron armiyasi, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) va Rossiya Harbiy-dengiz floti (HDF)ga qarashli kemalar ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarni mintaqadagi boshqa davlatlar — Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston harbiy-dengiz kuchlari vakillari kuzatmoqda.
Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar doirasida qutqaruv amaliyotlari, dengiz xavfsizligi va hamkorlikdagi harakatlar sinovdan o‘tkaziladi.