AsosiyJamiyat

Toshkentda yuzlab odamlar uyga to‘lov qilib, aldandi

Tekshiruvlar natijasida uy qurilishiga ruxsat berilmagani aniqlangan.

'Toshkentda yuzlab odamlar uyga to‘lov qilib, aldandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab odamlar uy sotib olish maqsadida to‘lov qilib, aldangani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Chilto‘g‘on” mahallasi, Usta Olim 2-berk ko‘chasida joylashgan qurilish ishlari Strong cities MCHJ tomonidan amalga oshirilgan. Biroq ushbu obyekt bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ruxsatnoma va hujjatlar olinmagan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-sonli qarori talablariga ko‘ra:

  • qurilishga ruxsatnoma olinmagan;
  • arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilmagan;
  • loyiha-smeta hujjatlari Toshkent shahar Qurilish boshqarmasi bilan kelishilmagan.

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, obyektda faqat yer uchun kadastr hujjatlari mavjudligi, qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish uchun esa zarur hujjatlar yo‘qligi aniqlangan.

Natijada belgilangan tartibda ogohlantirish xati yuborilib, qurilish va montaj ishlari to‘xtatilgan. Shuningdek, obyekt seysmik xavfsizlik talablariga javob bermagani bois, quruvchi tashkilot tomonidan o‘z ixtiyori asosida obyektda demontaj ishlari amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, loyiha-smeta va boshqa tegishli texnik hujjatlar qayta ko‘rib chiqilib, to‘liq rasmiylashtirilgan holda qurilish ishlarini belgilangan tartibda davom ettirilishi quruvchi tashkilot vakillari tomonidan ta’kidlangan.

“Shu o‘rinda eslatma: fuqarolardan uy-joy xarid qilishda obektning barcha huquqiy hujjatlari va ruxsatnomalari mavjudligini sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

Bundan bir necha kun avval Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan haydovchi qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 21:44

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan haydovchi qamaldi

    Sudlanuvchiga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    'Fuqarolarga uy qurib berishni va’da qilgan ta’sischi firibgarlik jinoyatida gumonlanib qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 20:22

    'O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 19:37

    O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

    15 iyuldan 5 avgustga qadar “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

    'Surxondaryoda 23 bosh noyob ilon tabiatga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 15:34

    Surxondaryoda 23 bosh noyob ilon tabiatga qaytarildi

    Noqonuniy saqlangan 6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni reydlar davomida aniqlangan.

    'Duduqlangan bolalarni qo‘rqitib “davolagan”  psixolog ustidan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 14:46

    Duduqlangan bolalarni qo‘rqitib “davolagan”  psixolog ustidan jinoyat ishi ochildi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

    'Umra mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.07.2025 10:48

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qildi.