15 aprel kuni Saida Mirziyoyeva mamlakatiyimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilingan. Xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘lgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari alohida ko‘rib chiqilgan.
Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.






