Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir talaba qiz vafot etdi, haydovchiga esa sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025 yil noyabr oyida Sherobod tumani hududida yuz bergan. Hujjatsiz boshqarilgan Chevrolet Cobalt avtomobili tezlik oshirilgani oqibatida boshqaruvdan chiqib, yo‘ldan chiqib ketgan va daryoga tushgan.
YTH natijasida avtomobildagi yo‘lovchi — talaba qiz og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, 3 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi hamda 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.






