Ma’lum qilinishicha, “yashil” yo‘lak orqali o‘tgan yo‘lovchining yuklari tekshiruvdan o‘tkazilganda sport ozuqasi sifatida qadoqlangan kapsulalar shubha uyg‘otgan. Qutilardagi kapsulalar soni me’yordan ortiq bo‘lib, ularning rangi ham asl ko‘rinishidan farq qilgani aniqlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, kapsulalar ichida Alfa PVP turidagi sintetik narkotik borligi ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbirlar davomida Yuqorichirchiq tumanida “zakladka” usulida yashirilgan qariyb yarim kilogramm gashish ham topilgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






