AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Sindorovni tarixiy gʻalaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi.

'Mirziyoyev Sindorovni tarixiy gʻalaba bilan tabrikladi'ning rasmi

Davlat rahbari yosh grossmeysterni O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lib, tarixiy natijaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Suhbat davomida Sindorovning 13 ta partiyada 6 g‘alabaga erishgani kamdan-kam uchraydigan natija ekani ta’kidlandi.

Prezident grossmeysterning dunyoning kuchli shaxmatchilariga qarshi bahslarda jasorat, iroda va yuqori mahorat namoyon etganini qayd etdi.

Shuningdek, oldinda uni jahon toji uchun hal qiluvchi bellashuvlar kutayotgani aytildi va unga omad tilab qolindi.

    Boshqa yangiliklar