Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Xususan, muqaddam sudlangan 1985 yilda tug‘ilgan shaxs Urganch tumanida tekshirilganda, uning yonidan 4 kg 407 gramm "opiy" aniqlandi, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Yana bir holatda "Beruniy–Urganch" yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti avtomashinasi to‘xtatilib, tekshiruv davomida 2002 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan fuqaroga teg‘ishli 4 kg 541 gramm "opiy" topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, har ikki holatda ham narkotik moddalar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kiritilgan bo‘lib, ularni Xorazm viloyatida sotish orqali daromad olish rejalashtirilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






