AsosiyJamiyat

Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi

Surxondaryo viloyatida mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi'ning rasmi

Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mansabdori xizmat mavqeidan foydalanib, bo‘shaydigan binoni auksion orqali sotib olishni va’da qilib, fuqarodan 3 ming dollar talab qilgani aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 2 ming dollar va 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar