AsosiyJamiyat

Ukrainaga yirik hujum: Kiyev va boshqa shaharlarda qurbonlar bor

Rossiya kuchlari Ukrainaga navbatdagi keng ko‘lamli raketa va dron hujumlarini amalga oshirdi.

'Ukrainaga yirik hujum: Kiyev va boshqa shaharlarda qurbonlar bor'ning rasmi

Oqibatda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yuzga yaqin kishi jarohat oldi. 16 aprelga o‘tar kechasi Kiyevga uyushtirilgan zarbalar eng og‘ir talafotlarga sabab bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan, 90 dan ortiq kishi jarohatlangan. Poytaxtning bir necha tumanlarida turar-joy binolari vayron bo‘lib, yong‘inlar yuzaga kelgan.

Shuningdek, Odessa ham kuchli zarbaga uchragan. Bu yerda 8 kishi halok bo‘lib, 16 kishi jarohat olgan. Portlashlar infratuzilma va uy-joylarga zarar yetkazgan, yuzlab derazalar singan.

Dneprda esa bir vaqtning o‘zida dronlar, raketalar va artilleriya qo‘llanilgan hujum natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq odam yaralangan. Turar-joy binolari va boshqa ob’ektlar zarar ko‘rgan.

Bundan tashqari, Xarkov ham dron hujumlariga uchrab, kamida ikki kishi jarohatlangan. Bir nechta uylar shikastlangan, avtomobillar yonib ketgan va gaz quvurlariga zarar yetgan.

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya tomonidan jami 44 ta raketa va 659 ta dron uchirilgan.

Ularidan aksariati havodan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilgan bo‘lsa-da, ayrim zarbalar jiddiy talafotlarga sabab bo‘lgan. Bu hujumlar so‘nggi oylar ichida eng yiriklaridan biri sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:55

    Chorvoqda qurilish chiqindilari bo‘yicha reydlar boshlandi

    Hududda nazoratni kuchaytirish maqsadida 10 ta nuqtaga onlayn videokuzatuv o‘rnatildi, yana 40 ta lokatsiya qamrab olinishi rejalashtirilgan.

    'Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:45

    Aqtau yaqinidagi aviahalokat: Moskva va Boku kelishuvga erishdi

    Tomonlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini tan oldi va jabrlanganlarga tovon to‘lashga kelishdi.

    'Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Surxondaryoda mansabdor pora olishda ushlandi

    Surxondaryo viloyatida mansabdor xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    'Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 16:53

    Koʻksaroyda Farruh Zokirovning 80 yilligi nishonlandi

    Tantanada san'atkor "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

    'Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 15.04.2026 12:51

    Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

    Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad nima?