Ma'lum qilinishicha, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bekmurod Abdullayev hamda Jazoni ijro etish departamenti sobiq rahbari Rustam Tursunovga nisbatan davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘ini o‘zlashtirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
"Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning bildirishicha, mazkur ish doirasida jami 7 nafar mulozim 15 aprel kuni kechqurun ozodlikka chiqarilgan. Ular yetkazilgan zararni qoplagani sababli qo‘llangan ehtiyot chorasi bekor qilingan.
Tashanovga ko‘ra, bu qaror ish doirasidagi 60 dan ortiq boshqa ayblanuvchilar o‘rtasida norozilikka sabab bo‘lgan. U rasmiylardan usbu holat yuzasidan izoh kutilayotganini ham ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat joriy yil 27 yanvar kuni Prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ochiqlangan edi.






