AsosiyDunyo

Tramp Netanyaxuga Livan bo‘yicha “aniq zarbalar”ni tavsiya qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Livandagi amaliyotlarda ehtiyotkorlikka chaqirdi.

'Tramp Netanyaxuga Livan bo‘yicha “aniq zarbalar”ni tavsiya qildi'ning rasmi

“Axios” xabariga ko‘ra, Tramp Netanyahuga faqat aniq nishonlarga zarba berish kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, keng ko‘lamli vayronagarchilik Isroilning xalqaro imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, Tramp Livanga nisbatan ijobiy munosabat bildirib, Hizbulloh va Eron ta’siri kamaysa, mamlakat tiklanishi mumkinligini aytgan.

AQSh ma’muriyati esa Isroildan vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘rab, diplomatik yechimlar uchun imkoniyat yaratishga urinmoqda.

    Boshqa yangiliklar