AQShning prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida Ukraina mojarosi, otashkesim va xalqaro masalalar muhokama qilindi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilishicha, muloqot bir yarim soatdan ortiq davom etgan. Suhbat davomida Tramp Rossiya tomonidan avval e’lon qilingan Pasxa otashkesimini ijobiy baholagan va 9 may — G‘alaba kuni munosabati bilan yangi otashkesim tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
Putin esa harbiy harakatlar davom etayotganini ta’kidlab, Rossiya o‘z maqsadlariga erishishini bildirgan. Shu bilan birga, tomonlar Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatini ham muhokama qilgan.






