AsosiyJamiyat

Tuapseda neft to‘kilish oqibatlari kuchaymoqda

Tuapse hududida neft mahsulotlari tarqalishi kengayib, qutqaruvchilar tomonidan ifloslangan hududlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

'Tuapseda neft to‘kilish oqibatlari kuchaymoqda'ning rasmi

Hozirga qadar qariyb 2,5 ming kub metr ifloslangan tuproq olib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, plyajlar qora modda bilan qoplanib bormoqda, neft dog‘i esa dengiz bo‘ylab shimol tomonga siljimoqda. Agoy, Nebug, Olginka va Novomixaylovskoye kabi kurort hududlari xavf ostida qolmoqda.

Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, atrof-muhitga tarqalgan neft mahsulotlari hajmi 300–350 tonnani tashkil etadi. Spurnik kuzatuvlarida esa 7 kilometrgacha cho‘zilgan dog‘ qayd etilgan.

Mahalliy aholi kuchli kimyoviy hiddan shikoyat qilmoqda, mutaxassislar esa havoda zararli moddalar miqdori me’yordan oshganini bildirmoqda.

    Boshqa yangiliklar