Loyiha aholiga qulay, xavfsiz va arzon transport xizmatini yaratishga qaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga yangi yo‘nalishdagi ilk poyezdda Qo‘qondan Marg‘ilongacha harakat qildi.
Mazkur loyiha 2025 yil 27 dekabrda qabul qilingan qaror ijrosi doirasida amalga oshirilib, Farg‘ona vodiysida yo‘lovchi tashish tizimini yaxshilashni ko‘zda tutadi.
Umumiy uzunligi 324 kilometr bo‘lgan temir yo‘l halqasi vodiy shaharlarini o‘zaro bog‘lab, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Yangi poyezd 6 vagondan iborat bo‘lib, 586 o‘ringa mo‘ljallangan, soatiga 120 km tezlikda harakat qila oladi. Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan.
Tarkibda konditsioner, Wi-Fi, USB-zaryadlash nuqtalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus qulayliklar hamda zamonaviy xavfsizlik tizimlari mavjud.
Loyiha vodiyda transport tizimini rivojlantirish bilan birga, turizm va iqtisodiy faollikni ham oshirishi kutilmoqda.






