AsosiyJamiyat

Tramp: AQSH Eron bilan muzokaralar uchun delegatsiya yubormaydi

AQSh prezidenti Donald Trump Eron bilan muzokaralar masalasida yangi pozitsiyani ma'lum qildi.

'Tramp: AQSH Eron bilan muzokaralar uchun delegatsiya yubormaydi'ning rasmi

Uning aytishicha, endi Vashington Pokiston orqali uchrashuvlar uchun delegatsiya yubormaydi.

“Foks Nyus” telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eron muzokara qilishni istasa, AQShga o‘zi murojaat qilishi yoki telefon orqali bog‘lanishi mumkinligini ta’kidlagan. U, shuningdek, uzoq safarlar va samarasiz uchrashuvlardan voz kechilishini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyi boshidan buyon AQSh va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilmoqda. Tramp ushbu kelishuv Eron tomonidan aniq taklif bildirilmaguncha davom etishini bildirgan.

Avvalroq Pokistonda ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan, biroq ular kelishuvsiz yakunlangan. Keyinchalik Tramp navbatdagi uchrashuvlar uchun yuborilishi rejalashtirilgan vakillar safari ham bekor qilinganini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:28

    Prezident Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivi bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Qo‘qon shahrida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

    '"Qamchiq" dovonida Volga soyga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:59

    "Qamchiq" dovonida Volga soyga tushib ketdi

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    '"Ўзгидромет" sel xavfi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:05

    "Ўзгидромет" sel xavfi haqida ogohlantirdi

    28 apreldan 4 maygacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

    'Angrenda yirik YTH yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:15

    Angrenda yirik YTH yuz berdi

    Yuk mashinasi 4 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi.

    '1 maydan “tonirovka” 412 ming so‘m bo‘ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:54

    1 maydan “tonirovka” 412 ming so‘m bo‘ladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan “tonirovka” uchun ruxsatnoma narxi 412 ming so‘m bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

    'Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi

    Tezkor tadbirlar davomida bir nechta gumonlanuvchilar qo‘lga olindi va katta miqdordagi dori vositalari musodara qilindi.