Ma'lum qilinishicha, 26 aprel kuni A-373 avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan qismida "Vodiy–Toshkent" yo'nalishida harakatlanayotgan "Volga" haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, avtomobilni yo'l chetidagi soyga tushirib yuborgan.
Hodisa bo'yicha "112" tizimi orqali xabar kelib tushgan va "Qamchiq" maxsus qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borgan.
Qutqaruvchilar avtomobil ichida bo'lgan ikki nafar fuqaroni qutqarib, ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatgan hamda tez tibbiy yordam xizmatiga topshirgan.
Shuningdek, maxsus texnika yordamida soyga tushib ketgan avtomobil xavfsiz hududga chiqarib olingan.






