AsosiyJamiyat

"Ўзгидромет" sel xavfi haqida ogohlantirdi

28 apreldan 4 maygacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

'"Ўзгидромет" sel xavfi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel kelish xavfi bor.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanib, suv bosish holatlari kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkor boʻlishni, zarur xavfsizlik choralarini koʻrishni soʻramoqda.

    Boshqa yangiliklar