Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda jami 198 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Ulardan 9 tasi guruhiy, 139 tasi og‘ir oqibatli va 49 tasi o‘lim bilan tugagan. Jami 223 nafar kishi jabrlangan bo‘lib, 146 nafari og‘ir, 15 nafari yengil jarohat olgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p holatlar Toshkent shahri (44 ta), Surxondaryo viloyati (36 ta) va Toshkent viloyatida (29 ta) qayd etilgan.
Sohalar bo‘yicha esa baxtsiz hodisalar asosan sanoat (71 ta) va qurilish (54 ta) tarmoqlarida sodir bo‘lgan.






