AsosiyDunyo

Buxoroda 1,8 trillion so‘mlik yashirin aylanma aniqlandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha natijalar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ayrim hududlarda jinoyat va soliqdan qochish holatlari saqlanib qolayotgani qayd etildi.

'Buxoroda 1,8 trillion so‘mlik yashirin aylanma aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida uy-joy sohasida 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgani va katta miqdordagi soliq tushumlari yo‘qotilgani aniqlandi. Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi bir qator viloyatlarda yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Buxoro viloyatida esa faoliyati to‘xtatilgan deb ko‘rsatilgan korxonalar tomonidan energiya va gaz iste’moli davom etgani, shuningdek, minglab transport vositalari orqali yuk tashish norasmiy amalga oshirilgani qayd etildi. Eng yirik holat sifatida uy-joy bozorida narxlarni sun’iy pasaytirish orqali 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgani ma’lum qilindi. Yig‘ilish yakunida mas’ul idoralarga yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni tumanlar kesimida tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq metodologiya asosida ishlash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar