The New York Times nashri o‘tkazgan surishtiruvga ko‘ra, Epstein ularga katta haq, qimmat sovg‘alar va xayriya pullarini berib, evaziga yosh ayollar ustidan nazoratni kuchaytirgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Epstein bilan ishlagan ayrim tibbiyot xodimlari odatiy tibbiy me’yorlarni buzgan yoki ularga ko‘z yumgan. Bu orqali u ayniqsa xorijdan kelgan yosh ayollarning tibbiy xizmatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Surishtiruvni olib borgan jurnalistning ta’kidlashicha, Epstein shifokorlar yordamida yosh ayollarni turli yo‘llar bilan boshqarishga va ularga ta’sir o‘tkazishga uringan.






