5 fevral kuni Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doira muzokara o‘tkazib, Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi salkam 500 million dollarga yetgan. Tomonlar yaqin kelajakda tovar ayirboshlami 2 milliard dollarga etkazish vazifasini qo‘ydi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, yengil sanoat va boshqa sohalarda qariyb 3,5 milliard dollarlik qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirildi.
Transport-logistika aloqalarini kuchaytirish, jumladan, Transafg‘on temir yo‘li loyihasini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifni javob tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif qildi.






