AsosiyDunyo

Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

'Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda'ning rasmi

Qozog‘istonda yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirilmogda. Endilikda arizachilardan qozoq tilini kamida B1 darajasida bilish talab etiladi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

DW xabariga ko‘ra, 13 apreldan boshlab mamlakatga ko‘chib kelgan ayrim xorijiy fuqarolar, jumladan Rossiya va Ukraina fuqarolari hamda xorijda yashab kelgan etnik qozoqlar yashash ruxsatnomasi uchun ariza topshirishda rad javoblarini ola boshlagan.

Relokantlar orasida majburiy til testi joriy etilgani va ko‘pchilik undan o‘ta olmaganligi haqida xabarlar tarqalgan. Avval A1 daraja talab qilingan bo‘lsa, amalda talablar kuchaytirilgani aytilmoqda.

Rasmiy darajada bu o‘zgarishlar hali to‘liq e’lon qilinmagan. Olmaota migratsiya xizmati vaziyatga izoh bermagan, biroq hozirda Astanada tegishli maslahatlashuvlar olib borilayotganini bildirgan.

Manbalarga ko‘ra, migratsiya siyosatidagi yangiliklari doirasida yashash ruxsatnomasini berish vakolati Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, 13 fevraldan boshlab “raqamli baholash” tizimi joriy etilib, u orqali arizachilarning to‘lovga qobiliyati va ishonchliligi baholanmogda. Ushbu tizim barcha xorijliklar uchun majburiy bo‘lib, birinchi bosqichda qozoq tilidan B1 darajasida test topshirish talab etiladi.

Bundan tashqari, nomzodlarning oila tarkibi, ta’lim darajasi, ish tajribasi, kasbiy ko‘nikmalari, sog‘lig‘i va Qozog‘istonda qarindoshlari bor-yo‘qligi ham o‘rganiladi. Avvalgidek, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, arizalar faqat hukumat tomonidan belgilangan yettita ustuvor hududda qabul qilinadi. Ular qatoriga Aqmola viloyatining ayrim tumanlari, Abay, Sharqiy Qozog‘iston, Qo‘stanoy, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston viloyatlari va Ulitau kiradi. Millionlik shaharlar — Olmaota, Astana va Chimkent — usbu ro‘yxatga kiritilmagan va amalda yashash rusatnomasi oluvchilar uchun yopilmoqda.

Shuningdek, arizachilar mahalliy ijro organlarida suhbatdan o‘tishi lozim. Baholash tizimining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslargina migratsiya xizmatiga hujjat topshirish huquqini beruvchi bildirishnoma oladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi qoidalar barcha xorijiy fuqarolarga — Markaziy Osiyo davlatlari vakillari va Xitoy fuqarolariga ham birda tatbiq etiladi. Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dogʻistonda kuchli koʻchki: qishloq uylari vayron boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:32

    Dogʻistonda kuchli koʻchki: qishloq uylari vayron boʻldi

    Kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan yuz bergan tabiiy ofat katta hududni qamrab olgan.

    'YEI Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni boshlaydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:54

    YEI Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni boshlaydi

    Ikkinchi chorakdan moliyaviy yordam bosqichma-bosqich berilishi kutilmoqda, shu bilan birga Rossiya hujumlari kuchaymoqda.

    'Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:36

    Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

    Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

    '“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:26

    “Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi

    Bloger Viktoriya Bonya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ijtimoiy muammolar yuzasidan ochiq videomurojaat yo‘lladi.

    'Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 08:12

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.