Saudiya Arabistoni haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida ziyoratchilar xavfsizligini taʼminlash hamda haj amallarini xavfsiz va tartibli o‘tkazishga qaratilgan bir qator yangi cheklov va tartiblarni eʼlon qildi. Bu haqda Zamon.uz maʼlum qildi.
Saudiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil 13 apreldan boshlab Makkaga kirishni istagan aholi vakolatli organlardan rasmiy ruxsatnoma olishlari shart bo‘ladi. Ruxsatnomasiz shaxslarning shaharga kirishi taqiqlanadi. Mokkada berilgan yashash ruxsatnomasi egalari, Haj ruxsatnomasi borlar hamda “Absher Individual” va “Muqeem” platformalari orqali elektron tarzda berilgan va “Tasreh” tizimi bilan integratsiyalashgan ish ruxsatiga ega shaxslar Makkaga kira oladi.
Shuningdek, Umra vizasi bilan Saudiya Arabistoniga kirgan fuqarolar uchun mamlakatni tark etishning yakuniy muddati 2026 yil 18 aprel etib belgilandi.
Vazirlik qaroriga ko‘ra, 2026 yil 18 apreldan 2026-yil 31 maygacha Saudiya fuqarolari, Fors ko‘rfazi arab davlatlari fuqarolari, rezidentlar hamda boshqa vizaga ega shaxslar uchun “Nusuk” platformasi orqali Umra ruxsatnomalarini berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, 18 apreldan boshlab Haj vizasiga ega bo‘lmagan barcha viza toifasidagi shaxslarning Makkaga kirishi yoki u yerda qolishi taqiqlanadi.
Ichki ishlar vazirligi usbu tartiblarga rioya qilinmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llanishini maʼlum qildi.
Maʼlumot o‘rnida, “Haj – 2026” mavsumidan boshlab haj safariga boruvchi har bir ziyoratchidan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risidagi rasmiy guvohnoma talab qilinadi. Usbu guvohnama Saudiya Arabistonining rasmiy “Nusuk” platformasi orqali tasdiqlanishi lozim.






