AsosiyDunyo

Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi

Eron atrofidagi keskinlik va Hormuz bo‘g‘ozidagi xatarlar Seulni yangi energiya manbalarini izlashga majbur qilmoqda.

'Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi'ning rasmi

Janubiy Koreya Qozog‘iston bilan yirik hajmdagi neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuv arafasida turibdi. “Reuters” xabariga ko‘ra, mamlakat sanoat vaziri Kim Chjong Kvan bitim tafsilotlari yaqin kunlarda e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

Seul hozirgacha neft importining qariyb 70 foizini Yaqin Sharq davlatlaridan olib kelgan. Biroq Eron atrofidagi vaziyat va Hormuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy uzilishlar energiya xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shu sabab mamlakat ta’minotni diversifikatsiya qilishga kirishgan.

Yuqori darajadagi delegatsiya Qozog‘iston, Ummon va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilgan. Qozog‘istondan neft yetkazib berish 50–60 kun vaqt olishi qayd etilmoqda, bu AQShdan import qilinadigan neft muddatiga yaqin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 16:58

    Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi

    Uning ovozi 1970–80-yillarda hind kinosi musiqasining eng mashhur va ta'sirli belgilaridan biri bo'lib, Bollivud saundtreklarining shakllanishiga katta hissa qo'shgan.

    'Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 11:44

    Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi

    Saudiya Arabistoni asosiy neft quvuri hujumlardan so‘ng to‘liq quvvatda ishlashga qaytganini ma’lum qildi.

    'Ukraina va Rossiya Pasxa sulhi vaqtida qoidalar buzilishida bir-birini aybladi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 09:47

    Ukraina va Rossiya Pasxa sulhi vaqtida qoidalar buzilishida bir-birini aybladi

    Ukraina harbiylari ma'lum qilishicha, Rossiya kuchlari shanba kuni soat 16:00 dan boshlangan sulhdan buyon 2 299 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

    'Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 07:42

    Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs

    Pavel Durov WhatsApp'dagi shifrlash tizimi milliardlab foydalanuvchilarni chalg'itishi mumkinligini aytdi.

    'Kursk gubernatori Ukraina qoʻshinlarini Pasxa sulhini buzishda aybladi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 06:12

    Kursk gubernatori Ukraina qoʻshinlarini Pasxa sulhini buzishda aybladi

    Ayni paytda Ukrainaning "Exilenova+" monitoring kanali o‘z manbalariga tayanib, sulh "frontning aksariyat qismlarida haqiqatdan ham ishlayotgani"ni ta’kidlagan.

    'Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 05:04

    Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor

    Эммануэль Макрон Эрон раҳбари Масъуд Пезешкиён билан телефон орқали мулоқотда Париж Ҳормуз бўғозида кемаларнинг хавфсиз ҳаракатланишини таъминлашга ёрдам беришга тайёрлигини билдирди.