Rasmiylar ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni AQSh–Isroil urushi davrida yuz bergan hujumlar oqibatida ishlab chiqarish qisqarganidan so‘ng Sharq–G‘arb neft quvurini to‘liq quvvatga tiklagan.
Tuzatish ishlaridan keyin asosiy quvur kuniga taxminan 7 million barrel neft uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb yakshanba kuni qirollik Energetika vazirligi ma'lum qildi.
"Ushbu tezkor tiklanish Saudi Aramco va Qirollik energetika tizimining yuqori darajadagi bardoshliligi hamda inqirozlarni boshqarish samaradorligini ko‘rsatadi. Bu esa mahalliy va global bozorlarga yetkazib berish ishonchliligi va uzluksizligini oshirib, jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi," deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlik shuningdek, Saudiya sharqiy sohilida joylashgan "Manifa" neft konidagi ishlab chiqarish ham hujumlar tufayli zarar ko‘rganidan so‘ng, taxminan 300 ming barrel quvvat bilan to‘liq tiklangani ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, bu bayonot davlatga qarashli Saudi Press Agency avvalroq Sharq–G‘arb quvuridagi nasos stantsiyasiga qilingan hujumlar tufayli kunlik ishlab chiqarish 700 ming barrelga kamaygani haqida xabar berganidan so‘ng e'lon qilindi.






