Turkiya Kommunikatsiyalar boshqarmasiga ko‘ra, rahbarlar ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashgan. Erdo‘gan mudofaa sanoati jumladan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish ikki mamakat uchun ham foydali ekanini ta’kidladi.
U Eronga qilingan hujumlar oqibatida yuzaga kelgan jarayonlar global vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytib, Turkiya va boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan diplomatik sa’y-harakatlar o‘t ochishni to‘xtatishda muhim rol o‘ynaganini bildirdi.
U Anqara barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi harakatlarga hissa qo‘shishda davom etishini ta’kidladi. Shuningdek, G‘azo tinchlik rejasining ikkinchi bosqichini boshlash muhim ekanini aytib, erishilgan ijobiylik sur’ati yo‘qotilmasligi lozimligini bildirdi.
Rahbarlar shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozida xalqaro huquq asosida kemalar erkin harakatini ta’minlash, Suriyadagi vaziyat, Kavkazda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash hamda Ukraina va Rossiya o‘rtasida barqaror tinchlik muzokaralarini qayta tiklash masalalarini ham muhokama qilishdi.






