AsosiyDunyo

Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi

10 aprel kuni Telegram’ga kirishda kuzatilgan nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan.

'Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi'ning rasmi

Rossiyada Telegram messenjeriga kirish deyarli to‘liq cheklanganligi qayd etildi. Bu haqda "Agentstvo" xalqaro tadqiqot loyihasi OONI ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 aprel kuni Telegram’ga kirishda kuzatilgan nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada messenjerga nisbatan cheklovlar kuchayganidan beri eng yuqori daraja sifatida baholanmoqda.

Tahlilchilar fikricha, bu holat Telegram boshqa messenjerlarga nisbatan ham qattiqroq cheklovlarga uchrayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, OONI ma’lumotlariga ko‘ra, rasman cheklangan Signal va WhatsApp ilovalarida ham anomaliyalar ulushi 89 foizni tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Telegram 2026 yil fevraldan boshlab sekinlashtirib kelinmoqda. Mart oyi o‘rtalarida ayrim provayderlar tomonidan bloklash choralari kuchaytirilgan, aprel boshida esa to‘liq bloklash ehtimoli muhokama qilingan.

Shuningdek, 2025 yil avgustidan Rossiyada WhatsApp va Telegram orqali qo‘ng‘iroqlar ham cheklanganligi xabar qilingan.

Mutaxassislar Rossiya tomonidan milliy Max messenjeri faol targ‘ib qilinayotganini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar