AsosiyDunyo

Kursk gubernatori Ukraina qoʻshinlarini Pasxa sulhini buzishda aybladi

Ayni paytda Ukrainaning "Exilenova+" monitoring kanali o‘z manbalariga tayanib, sulh "frontning aksariyat qismlarida haqiqatdan ham ishlayotgani"ni ta’kidlagan.

'Kursk gubernatori Ukraina qoʻshinlarini Pasxa sulhini buzishda aybladi'ning rasmi

Kursk viloyati gubernatori Aleksandr Xinshteyn Ukraina Qurolli kuchlarini Pasxa sulhini buzishda aybladi. Bu haqda u 11 aprel kuni oʻzining Telegram kanalida yozdi.

Uning aytishicha, Lgov shahrida Ukraina droni yoʻnilgʻi quyish shoxobchasiga hujum qilgan va oqibatda uch kishi, jumladan bir yoshli bola jarohatlangan. Xinshteyn dron zarbasi 11 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin, yaʼni frontda Pasxa sulhi kuchga kirgan paytda sodir boʻlganini daʼvo qilgan. Biroq u bu iddaoga dalil keltirmagan.

Shuningdek, Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov chegaraoldi Shebekino shahrida ikki nafar tinch aholi Ukraina tomonidan oʻqqa tutilishi oqibatida yaralanganini maʼlum qildi. Bu haqda u ham oʻz Telegram kanalida xabar bergan. Xerson viloyatining Rossiya tomonidan egallab olingan Yangi Kaxovka maʼmuriyati ham shahar Ukraina qoʻshinlari tomonidan oʻqqa tutilganini va bir nafar tinch aholi vakili jarohatlanganini bildirgan.

Ukraina nashrlari esa Rossiya qoʻshinlari ham Xerson viloyatining oʻng sohiliga barovar oʻt ochish reaktiv tizimlaridan zarba berib, sulhni buzganini yozmoqda. Shuningdek, Xarkov va Zaporojye viloyatlarida sulh boshlanganidan keyin dronlar hujumi xavfi tufayli havo xavfsizligi ogohlantiruvi eʼlon qilingan.

Ayni paytda Ukrainaning "Exilenova+" monitoring kanali oʻz manbalariga tayanib, sulh "frontning aksariyat qismlarida haqiqatdan ham ishlayotgani"ni taʼkidlagan. Kanal mualliflariga koʻra, razvedka dronlari har ikki tomonda ham uchmoqda va ular oʻzaro urib tushirilmoqda.

Kreml taklifiga koʻra, Pasxa sulhi 11 aprel soat 16:00 dan 12 aprel kuni oxirigacha davom etadi. Ukraina prezidenti Rossiya tomoniga oʻt ochishni toʻxtatish rejimi Pasxadan keyin ham davom ettirilishi mumkinligi haqida maʼlumot yetkazilganini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:42

    Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs

    Pavel Durov WhatsApp'dagi shifrlash tizimi milliardlab foydalanuvchilarni chalg'itishi mumkinligini aytdi.

    'Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:04

    Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor

    Эммануэль Макрон Эрон раҳбари Масъуд Пезешкиён билан телефон орқали мулоқотда Париж Ҳормуз бўғозида кемаларнинг хавфсиз ҳаракатланишини таъминлашга ёрдам беришга тайёрлигини билдирди.

    'Erdoğan va Makron Eron sulhi, Livan va G‘azo masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo 11.04.2026 17:27

    Erdoğan va Makron Eron sulhi, Livan va G‘azo masalalarini muhokama qildi

    Telefon suhbatida Erdo‘gan diplomatikani kuchaytirish, tinchlikni himoya qilish va G‘azo tinchlik rejasini ilgari surishga chaqirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.04.2026 08:54

    'Trump dunyodagi eng katta gʻalaba arkasi Vashingtonda qurmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 11.04.2026 08:18

    Trump dunyodagi eng katta gʻalaba arkasi Vashingtonda qurmoqchi

    Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u «dunyodagi eng katta va eng go‘zal arkaga aylanadi».

    'Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi'ning rasmi

    Dunyo 11.04.2026 07:31

    Rossiyada Telegram'ga kirish amalda deyarli to'liq cheklandi

    10 aprel kuni Telegram’ga kirishda kuzatilgan nosozliklar darajasi 95 foizga yetgan.