AsosiyDunyo

“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi

Bloger Viktoriya Bonya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ijtimoiy muammolar yuzasidan ochiq videomurojaat yo‘lladi.

'“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi'ning rasmi

U o‘z murojaatini “xalq nomidan” qilayotganini aytib, oddiy fuqarolar va davlat rahbari o‘rtasida “qalin devor” borligini ta’kidladi. 18 daqiqalik video uning Instagram sahifasida e’lon qilingan.

Murojaatda blogger Dog‘istondagi suv toshqinlari, Anapa hududidagi ekologik muammolar, jumladan mazut dog‘lari, shuningdek “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlashga oid qaror loyihasi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hududlarda fuqarolar muammolar bilan yolg‘iz qolmoqda.

Shuningdek, u Novosibirsk viloyatida chorva mollarini musodara qilish holatlarini ham tilga olib, ayrim harakatlar keskin tanqidga loiq ekanini aytdi.

Bonya ijtimoiy tarmoqlar cheklanishi masalasiga ham to‘xtalib, bu holat odamlarni bir-biri bilan aloqada bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilayotganini qayd etdi. U prezidentga fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila oladigan ochiq platforma yaratishni taklif qildi.

Mazkur murojaatni blogger Ayza-Liluna Ay ham qo‘llab-quvvatlab, mamlakatdagi ijtimoiy muammolar va axborot olish imkoniyatlari cheklanayotganini tanqid qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:36

    Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

    Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

    'Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:12

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.

    'Samarqandda sirli o'lim: bloggerning otasi ruhiy shifoxonadan qaytgach vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:32

    'Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:40

    Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi

    Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi.

    'Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi'ning rasmi

    Dunyo 14.04.2026 04:50

    Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

    Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.