AsosiyDunyo

Moskva MDH TIV rahbarlari yigʻildi

Fors koʻrfazidagi keskinlik muhokama qilindi.

'Moskva MDH TIV rahbarlari yigʻildi'ning rasmi

MDHga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 18 aprel kuni Moskvada yigʻilib, Fors koʻrfazi mintaqasidagi keskin vaziyatni muhokama qildi. Yigʻilishda Yaqin Sharqdagi vaziyatning Yevroosiyo xavfsizligiga taʼsiriga alohida eʼtibor qaratildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida Sergey Lavrov Fors koʻrfazi hududidagi keskinlik misli koʻrilmagan darajaga chiqqanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harakatlari ortidan yuzaga kelgan vaziyat butun Yaqin Sharqni qamrab olmoqda.

Yigʻilish yakunida vazirlar tomonidan mazkur masala yuzasidan maxsus bayonot qabul qilindi. Unda energiya tashuvchilar, oziq-ovqat va oʻgʻitlar taʼminoti xavfsizligi, shuningdek, Yevroosiyodagi umumiy xavfsizlik arxitekturasini qayta koʻrib chiqish zarurati qayd etildi.

Tadbirlarda Oʻzbekiston nomidan Baxtiyor Saidov ishtirok etdi. Shuningdek, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Armaniston vakillari hamda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,7 mlrd evrogacha mablag' ajratadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:37

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,7 mlrd evrogacha mablag' ajratadi

    Ukraina ushbu mablagʻlarni olish uchun 173 ta islohotdan iborat rejani amalga oshirishi kerak.

    'Dogʻistonda kuchli koʻchki: qishloq uylari vayron boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:32

    Dogʻistonda kuchli koʻchki: qishloq uylari vayron boʻldi

    Kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan yuz bergan tabiiy ofat katta hududni qamrab olgan.

    'Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:53

    Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

    Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

    'YEI Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni boshlaydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:54

    YEI Ukrainaga 90 mlrd yevro kredit ajratishni boshlaydi

    Ikkinchi chorakdan moliyaviy yordam bosqichma-bosqich berilishi kutilmoqda, shu bilan birga Rossiya hujumlari kuchaymoqda.

    'Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:36

    Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

    Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

    '“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:26

    “Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi

    Bloger Viktoriya Bonya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ijtimoiy muammolar yuzasidan ochiq videomurojaat yo‘lladi.