AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 11 oyda pora olgan 114 kishi qamaldi

Oliy sud maʼlumotiga koʻra, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida pora olish jinoyati boʻyicha 184 nafar shaxs sudlangan.

'O‘zbekistonda 11 oyda pora olgan 114 kishi qamaldi'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma'lum qilishicha, 2024 yil davomida pora olish bilan bog'liq jinoyatlar uchun 196 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

Ularning 135 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan, 61 nafari esa jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki shartli hukm kabi yengilroq jazolar olgan.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida esa pora olish bilan ushlangan 184 nafar shaxs sudlangan. Sud hukmiga ko'ra, ularning 114 nafari ozodlikdan mahrum qilinib, 70 nafari ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarqa tortilgan.

Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasiga pora olish uchun BHMning 50 baravaridan 10 baravarigacha jarima, 2 yoki 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilaydi.

Agar jinoyat takroran, xavfli retsidivist tomonidan, ko'p yoki juda ko'p miqdorda, yoki guruh bo'lib sodir etilsa, ozodlikdan mahrum qilish muddati 5 yildan 15 yilgacha oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar