AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi

Mirzo Ulug'bek ko'chasida kechasi sodir bo'lgan YTHda avtobus zarbasidan yo'lning qarama-qarshi tomoniga yiqqilgan piyodani Haval ham bosib ketdi.

'Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi'ning rasmi

Kecha, 9 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirabod tumanida Yutong rusumli elektrobus tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Zarba ta’sirida piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqqilgan va shu paytda Haval rusumli avtomobil uni yana urib ketgan.

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Shahar IIBB barcha yo‘l harakati ishtirokichlarini qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan YTHda ham ikki nafar o‘zbekistonlik hayotdan ko‘z yumgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryodagi 1500 MVT IES uchun Yaponiyadan yangi rotor yetib keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Sirdaryodagi 1500 MVT IES uchun Yaponiyadan yangi rotor yetib keldi

    114 tonna ogʻirlikdagi qurilma bevosita aeroportdan stansiya maydoniga etkazilgan.

    'Qamchiq dovoni qor ko'chkisi xavfi tufayli vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Qamchiq dovoni qor ko'chkisi xavfi tufayli vaqtincha yopildi

    FVV hududda xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 22:03

    'Chirchiqda ko'ptokni olmoqchi bo'lgan 15 yoshli bola cho'kib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 21:09

    Chirchiqda ko'ptokni olmoqchi bo'lgan 15 yoshli bola cho'kib ketdi

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga xabar berdi.

    'Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 21:07

    Oʻzbekistonda qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 4,5 foizga tushiriladi

    Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgani va ayrim hududlarda sustkashlik kuzatilayotgani qayd etildi.

    'Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 18:42

    Havo tozalanaotgan boʻlsa ham Ekoreydlar oʻtkazish toʻxtatilmadi

    Avvalroq Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish bo‘yicha Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi.