Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19’ning BA.3.2 — “Tsikada” deb nomlangan yangi shtammi hozirgacha 20 dan ortiq davlatda aniqlandi. Biroq O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, usbu mutatsiya keng tarqalishi ehtimoli past, deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi vakili Nurmat Otabekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shtamm ancha oldin aniqlandi bo‘lib, tez tarqalmasligi bilan ajralib turadi. “Tsikada” nomi ham uzoq vaqt “sezdirmay” mavjud bo‘lishi mumkinligi sabab berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u COVID-19’ning “Omikron” shtammiga o‘xshash belgilari — yo‘tal, tomog‘ og‘rig‘i, burun bitishi va ba’zan hid-ta’m yo‘qolishi bilan kechadi. Mutaxassislar ayniqsa bolalar orasida yuqish holatlari ko‘proq kuzatilayotganini bildirmoqda.
Shu bilan birga, aholining katta qismida shakllangan jamoa immuniteti tufayli jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligi ta’kidlandi.






