AsosiyJamiyat

Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident poytaxtda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

'Toshkent iqtisodiyoti uchun yangi o‘sish nuqtalari belgilandi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahri iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport hajmini oshirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, poytaxt hozirda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 21 foizini ta’minlamoqda.

Joriy yil uchun shahar iqtisodiyotini 12 foizga oshirish, 3,6 mlrd dollarlik eksport va 9 mlrd dollar investitsiya jalb qilish kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, 12 ta tuman aniq sohalarga ixtisoslashtirilib, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yig‘ilishda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mingdan ortiq muammolar aniqlandi va yangi takliflar ishlab chiqilgani qayd etildi. Ularni tezkor hal qilish uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilindi.

Shuningdek, qo‘shimcha zaxiralarni ishga solish orqali 88 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, 4,9 mlrd dollar eksportni ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalari qo‘yildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:48

    Texnikum va litseylar uchun milliy reyting joriy etiladi

    Yangi tizim ta'lim sifati va muassasalar o'rtasida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan.

    'COVID-19 ning "Tsikada" shtammi Oʻzbekistonga tahdid solmaydimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:19

    COVID-19 ning "Tsikada" shtammi Oʻzbekistonga tahdid solmaydimi?

    Mutaxassislar yangi mutatsiya tarqalish ehtimoli pastligini ta'kidlamoqda.

    'Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Xitoylik fuqaro 2200 ta chumoli bilan qo'lga tushdi

    Keniyada noqonuniy ravishda tirik chumolilarni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan qat'iy jazo tayinlandi.

    'Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:15

    Jizzaxda FVB mansabdorisi pora bilan ushlandi

    Mirzacho‘l tumanida favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar o‘rinbosari 3 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    '“O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:55

    “O‘zgidromet” 17 aprelda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    Unga ko‘ra, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    '186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 16.04.2026 13:29

    186 mlrd so‘mlik ish: ayblanuvchi amaldorlar ozod qilindi

    Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yirik moliyaviy qonunbuzarlik bilan bog‘liq isda ayblangan mansabdorlar zararni qoplaganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi.