AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 nafar talaba 520 gr "o‘lim dorisi" bilan qo‘lga tushdi

Narkokuryerlik bilan shug‘ullanib kelgan 1-bosqich talabalari 2600 ta dozaga teng bo‘lgan dori bilan ushlandi.

'Toshkentda 2 nafar talaba 520 gr "o‘lim dorisi" bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

IIV tezkor-qidiruv departamentining bergan xabariga ko‘ra, “Havfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida narkokurierlik bilan shug‘ullanib kelgan oliy ta’lim muassasasi 1-bosqich talabalari ushlandi.

Joriy yilning 4 dekabr sanasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhaga ko‘ra, ushbu talabalardan biri tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olinadi va bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda shu hududdan o‘tayotgan fuqaro tomonidan olingan videotasvir omma orasida tarqab ketadi.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2 nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvand moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universiteti yotoqxonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvand moddalari borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu 2 talaba ushbu sintetik giyohvand moddalarni tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu narkokurier talabalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoyiy sheriklarini aniqlish maqsadida “Havfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 19:41

    Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”

    Eron TIV rahbari mamlakat boshqaruv tizimi alohida shaxslarga bog'liq emasligini ta'kidladi.

    'Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 19:38

    Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    “O‘zgidromet” 26 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 19:05

    Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi

    Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda.

    'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 16:51

    Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

    Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

    'Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 15:36

    Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан ниналар маълум?

    'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.02.2026 15:03

    Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

    Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.