Kecha, 30 noyabr kuni Netanyahu o‘z advokatlari orqali Prezident Isak Gertsogga rasmiy afv so‘rovi yubordi.
Bosh vazir 2019 yilda poraxo‘rlik, firibgarlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblangan, lekin ayblovlarni doimo rad qilgan.
Muxolifat yetakchisi Yair Lapidning fikriga ko‘ra, aybini tan olmagan shaxsni afv etish mumkin emas.
Shu bilan birga, advokatlar prezident qarorini mamlakatdagi siyosiy bo‘linishni yumshatish va milliy birlikni mustahkamlash uchun istisno tarqasida qabul qilishi mumkinligini aytishmoqda.
Prezident Gertsog so‘rovni “muhim oqibatlarga ega” deb baholab, masalani barcha zarur fikr-mulohazalardan so‘ng “mas’uliyat va samimiylik bilan” ko‘rib chiqishini bildirdi.






