AsosiyDunyo

Hindiston yana bir yadroviy qurolni sinovdan o'tkazdi

Ushbu yadroviy qurol 5 ming kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi va yadroviy jangovar kallaklarni tashiy oladi.

'Hindiston yana bir yadroviy qurolni sinovdan o'tkazdi'ning rasmi

Hindistonda 5 ming kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi va yadroviy jangovar kallaklarni tashishga qodir “Agni-5” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Hindiston Mudofaa vazirligi 20 avgust kuni usbu mavzu yuzasidan rasmiy bayonot bergan. Ma’lum qilinishicha, sinov Odisha shtatida o‘tkazilgan bo‘lib, raketa barcha texnik va operatsion talablarga to‘liq javob bergan.

Raketa sinovi Hindiston bosh vaziri Narendra Modining so‘nggi yillarda ilk bor Xitoyga tashrif buyurishga tayyorlanayotgan bir paytda bo‘lib o‘tmogda. Ushbu tashrif Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida avgust oyida Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I iyul oyida Nyu Deliga tashrif buyurgandi. Shuningdek, avvalroq Modi va Si Tszinpin 2024 yil oktyabr oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida norasmiy uchrashuv o‘tkazgandi. Ushbu ijobiy siljishlar orasida ikki davlat o‘rtasida 2020 yilda COVID pandemiyasi sabab bekor qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijoriy aviaqatnovlarning qayta tiklanishi, hind sayyohlariga Tibetdagi ziyorat joylarining ochilishi va turist vizalarining qayta berilishi bor.

“Agni-5” raketasi Hindistonning yadro quroliga ega boshqa qo‘shnisi – Pokistonga qarshi mudofaa strategiyasining ham muhim qismi sanaladi. Ikki davlat o‘rtasida 2025 yil bahorida so‘nggi o‘n yillikdagi eng keskin harbiy to‘qnashuvlardan biri sodir bo‘lgan, ya’ni ikki tomon bir-birining hududiga raketalar bilan zarba bergan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eronda erkak o‘zi sodir etgan jinoyat joyida vahshiylarcha osib o‘ldirildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:31

    Eronda erkak o‘zi sodir etgan jinoyat joyida vahshiylarcha osib o‘ldirildi.

    Bu ikki kun ichida amalga oshirilgan ikkinchi omma qatl hisoblanadi.

    'Dunyoda har yili qariyb 1,2 mlrd bola oilada jismoniy jazo duch keladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:19

    Dunyoda har yili qariyb 1,2 mlrd bola oilada jismoniy jazo duch keladi

    O‘tgan bir oy ichida 58 ta davlatda jismoniy jazoga duch kelgan bolalarning 17 foizi eng og‘ir shakldagi zo‘ravonlikka uchragan.

    'Britaniya olimlari olmos yordamida saratonni aniklash usulini topdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:18

    Britaniya olimlari olmos yordamida saratonni aniklash usulini topdi

    Qurilma 0,5 mm kub hajmdagi mikro-olmos va kichik doimiy magnat yordamida ishlaydi, shu sababli qo‘shimcha katta elektronika talab etilmaydi.

    'Ukrainaning dron hujumi Rostovdagʻi "NQI"ni larzaga soldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:33

    Ukrainaning dron hujumi Rostovdagʻi "NQI"ni larzaga soldi

    "Novoshaxtinsk" neftni qayta ishlash zavodida kechasi Ukraina dronlari zarbasidan so‘ng ko‘plab portlashlar yuz berdi.

    'Ukraina 3 ming km masofaga uchuvchi “Flamingo” raketasini sinovdan o‘tkazdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:27

    Ukraina 3 ming km masofaga uchuvchi “Flamingo” raketasini sinovdan o‘tkazdi

    Zelenskiy: “Bu raketa dasturimizdagi eng muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi”

    'Noqonuniy valyuta savdosi bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:23

    Noqonuniy valyuta savdosi bilan shug'ullangan shaxslar qo'lga olindi

    Tezkor tadbirlarda valyuta olidi-sotdisi bilan shug'ullangan bir nechta fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlandi.