AsosiyDunyo

Ilon Mask partiya tuzish rejalarini to‘xtatdi

Maskning hamkorlariga koʻra, milliarder eʼtiborini kompaniyalariga qaratmoqchi.

'Ilon Mask partiya tuzish rejalarini to‘xtatdi'ning rasmi

Amerikalik milliarder Ilon Mask oʻz partiyasini tuzish rejalarini vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda manbalarga tayanib, The Wall Street Street Journal xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, milliarder oʻz eʼtiborini kompaniyalarga qaratmoqchi. U respublikachilar partiyasidan ovozlarni olib qoʻyishi mumkin boʻlgan uchinchi partiyani tuzib, “taʼsirchan respublikachilarni” norozi qilishni istamaydi.

Soʻnggi paytlarda AQSH senatora Jey Di Vens bilan koʻp mulogot qilmogʻda va agar Vens 2028 yilda prezidentlikka nomzodini qoʻysa, uni qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslaridan foydalanishi mumkin. Shunga qaramay, Mask yangi partiya tuzish imkoniyatini rasman rad etmagan.

Tarixan uchinchi partiyalar koʻpincha ikki asosiy partiyaning ovozlarini qoʻlga kiritib kelgan. Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshida Mask tashabbusi bilan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tuzilgan edi. Biroq may oxirida milliarder vakolatlari tugagani uchun davlat lavozimini tark etdi. Iyun oyida Mask Trampning “katta goʻzal qonun” loyihasini keskin tanqid qilib, u byudjet defitsitini yanada oshirishini aytdi.

Shuningdek, keyingi saylovlarda demokratlarni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini bildirdi. Bunga javoban Tramp unga “juda jiddiy muammolar” boʻlishini aytdi, ammo Mask keyinchaik yarashuv bilan chiqdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroilning Gʻazoga bosqini 2026 yilda ham davom etadi'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 22:16

    Isroilning Gʻazoga bosqini 2026 yilda ham davom etadi

    Operatsiyada 5 ta diviziya, 12 ta brigada jangovar guruhi hamda G‘azo diviziyasining shimoliy va janubiy brigadalari qatnashadi.

    'Nega Tramp chegar devorlarini bo'yatyapti?'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 21:47

    Nega Tramp chegar devorlarini bo'yatyapti?

    Ishchilar allaqachon devorning ayrim qismlarini qora rangga bo'yashni boshlagan.

    'Xitoyda 17 yoshli qiz sevgilisini 14 ming dollarga qul qilib sotdi'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 18:30

    Xitoyda 17 yoshli qiz sevgilisini 14 ming dollarga qul qilib sotdi

    Yigitni 4 oy davomida asirlikda saqlab, onlayn firibgarlik bilan shugʻullanishga majbur qilgan.

    'Eron Isroilga raketalar bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 17:36

    Eron Isroilga raketalar bilan tahdid qildi

    25 iyundan beri ikki davlat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amalda. Biroq rasmiylar har qanday vaqtda to‘qnashuv qayta boshilanishi mumkinligini ta’kidlagan.

    'Rossiya maktablarida migrant bolalarni qabul qilish kamaydi'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 16:56

    Rossiya maktablarida migrant bolalarni qabul qilish kamaydi

    Migrantlar bolalari rus tilini bilmasdan, ota-onaning mamlakat hududida qonuniy bo‘lishi tasdiqlanmagan taqdirda maktablarga qabul qilinmaydi.

    'Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida tunnel bormi?'ning rasmi

    Dunyo 20.08.2025 16:38

    Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida tunnel bormi?

    Туркистон вилоятида беш киши 420 тонна бензинни яширин туннель орқали Ўзбекистонга ўтказган.