AsosiyDunyo

Rossiya maktablarida migrant bolalarni qabul qilish kamaydi

Migrantlar bolalari rus tilini bilmasdan, ota-onaning mamlakat hududida qonuniy bo‘lishi tasdiqlanmagan taqdirda maktablarga qabul qilinmaydi.

'Rossiya maktablarida migrant bolalarni qabul qilish kamaydi'ning rasmi

Rossiya maktablariga qabul komissiyasi yakunlanmoqda. Davlat Dumasi spikerining o‘zining Telegram-kanalida dastlabki natijalarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, qonunga ko‘ra migrantlarning farzandlari rus tilini bilmagan holda va ota-onasi mamlakat hududida qonuniy bo‘lmaganda maktabga qabul qilinmaydi.

Boshlang‘ich va o‘rta sinflarga qabul natijalari bir qator hududlarda xorijiy fuqarolar bolalarining o‘qishga qabul qilinishi sezilarli darajada qisqargan.

Bunga asosiy omillar, hujjatlarning to‘liq emasligi yoki yolg‘onligi, jumladan, Russiyada qonuniy yashashni tasdiqlovchi hujjatning yo‘qligi, rus tilidan test sinovlarini qoniqarsiz topshirish hisoblanadi.

Shuningdek, Nijegorod viloyatida topshirilgan arizalar soni qariyb 10 baravar, Voronej viloyatida esa 7 baravarga kamaygan. Kaluga viloyatida 91 migrant boladan 55 nafari rus tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlay olmagan, Sverdlovskda 66 dan 53 nafari, Tula viloyatida 62 dan 32 nafari, Komi Respublikasida 14 dan 11 nafari, Qrim Respublikasida esa 10 dan 4 nafari testdan o‘ta olmagan.

    Boshqa yangiliklar