AsosiyJamiyat

Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi

1 trillion so‘m tadbirkorlar qo‘lida qoladi, xatolar uchun jazo bekor qilinadi.

'Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan dolzarb masalalarga javoban tadbirkorlar uchun soliq yengilliklari joriy etilishini ma’lum qildi.

Endilikda yiliga 10 mlrd so‘mdan kam aylanma qiluvchi korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlaridan ozod etiladi. Bu 14 mingga yaqin tadbirkorning qo‘lida 1 trillion so‘mlik aylanma mablag‘ qolishini anglatadi.

Bundan tashqari, QQS tizimiga o‘tayotgan tadbirkorlar uchun 1 yillik "yumshoq rejim" joriy qilinadi: foyda solig‘i to‘lanmaydi, hatolar uchun jarima belgilanmaydi, buxgalterlar maoshi soliqdan chegirib tashlanadi.

Eng muhimi, soliq tekshiruvlarida aniqlandgan 16 trillion so‘mlik hatolar bo‘yicha jazolar bekor qilinadi. Tadbirkorlar 1 noyabrgacha kamchiliklarni o‘zlari tuzatib, "toza sahifa"dan ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:29

    '3 hududda yirik miqdordagi elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:30

    3 hududda yirik miqdordagi elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi

    Nurafshon, Davlatobod va Qarshi tumanlarida elektrom hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar jazoga tortilmogda.

    'Prezident: Yangi Toshkent tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:41

    Prezident: Yangi Toshkent tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanadi

    Prezident soʻnggi sakkiz yilda iqtisodiyotga 230 milliard dollar sarmoya kirgani va biznes subyektlari soni ortib, xususiy sektorda maoshlar koʻtarilganini taʼkidladi.

    'Janjalkash oilalar har 3 kunda nazorat qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:56

    Janjalkash oilalar har 3 kunda nazorat qilinadi

    Oʻzbekistonda oilaviy ziddiyatlar barvaqt aniklanib, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yangi tartib joriy qilinmoqda.

    'Termizda ayolning qaltaklanishi holati yuzasidan surishtiruv boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:54

    Termizda ayolning qaltaklanishi holati yuzasidan surishtiruv boshlandi

    Сурхондарё ИИБ ижтимоий тармоқларда тарқалган воқеа ортидан муносабат билдирди.

    'Poytaxtda tungi avtobuslar ish boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 19.08.2025 21:14

    Poytaxtda tungi avtobuslar ish boshlaydi

    Ular qizil rangda boʻlib, oraliq intervallari 30 daqiqani tashkil etadi.