AsosiyDunyo

Sobiq sudyaning 13 milliardlik aktivlari musodara qilindi

Prokuratura ularni noqonuniy boylik deb topdi.

'Sobiq sudyaning 13 milliardlik aktivlari musodara qilindi'ning rasmi

Rossiyada korruptsiyaga qarshi kurash doirasida sud tarixidagi eng yirik mol-mulk musodara ishlardan biri bo‘ldi.

“Kommersant” xabariga ko‘ra, Moskva viloyati sudi prokuratura da’vosini qanoatlantirib, Krasnodar o‘lkasi sudining sobiq raisi Aleksandr Chernovdan 13 milliard rublda teng aktivlarni davlat foydasiga olib qo‘yishga qaror qildi.

Sud qaroriga asosan, Chernov va unga aloqador shaxslardan quyidagilar musodara qilindi:

— 87 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari (taxminan 10 milliard rublda teng),

— qishloq xo‘jaligi kompaniyasi,

— bank hisoblaridagi 1,2 milliard rubl.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, sudya lavozimida bo‘lgan paytida Chernov yashirin tarzda biznes bilan shug‘ullangan va kompaniyalar orqali katta daromad olgan. Bu esa sudyalik maqomiga ziddir.

Qayd etilishicha, bu ish Rossiyada korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi muhim huquqiy qadam sifatida baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar