AsosiyJamiyat

Poytaxtda tungi avtobuslar ish boshlaydi

Ular qizil rangda boʻlib, oraliq intervallari 30 daqiqani tashkil etadi.

'Poytaxtda tungi avtobuslar ish boshlaydi'ning rasmi

Toshkent shahrida qizil rangdagi tungi avtobuslarning ilk yo‘nalishi 2025 yilning oxirigacha ish boshlaydi.

Avtobuslar 15 ta yo‘nalishda Aeroport, Vokzal va Turizm ko‘chalari bo‘ylab soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadi. Ularning oraliq intervali dastlab 30 daqikani tashkil etadi.

Ushbu tashabbus 2 bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda 8 ta yo‘nalish bo‘lib, jami 136 km yo‘lni qamrab oladi. Mazkur yo‘nalishlarda 31 ta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 19,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish zarur.

Ikkinchi bosqichda esa 7 ta yo‘nalish 98 kilometrlik yo‘ldan o‘tib, harakatga 23 ta avtobus jalb etiladi. Bu uchun ham 14,2 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

Avtobus Bektemir tumanining Husayn Boyqaro ko‘chasidan Qo‘yliq bozori tarafga harakatlanib, Qo‘yliq bozoridan hozirgi Xonobodtepa shoh ko‘chasi orqali yuradi va joriy yilning oxirigacha ishga tushiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.

    'Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:20

    Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus qaytarish reyslari yo‘lga qo‘yiladi

    “Uzbekistan Airways” Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilishini ma’lum qildi.

    'AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:01

    AQSH rasmiylari Xomanayiy o‘limi rejim o‘zgarishiga olib kelishiga shubha bilan qaramoqda

    AQShning yuqori martabali amaldorlari Eron oliy rahbari Ali Xomaney o‘ldirilgan taqdirda ham bu darhol rejim almashishiga olib kelishiga ishonmayapti.

    'Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlariga hamdardlik bildirdi.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qator Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.