AsosiyDunyo

Italiyada dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi

Uning balandligi to‘rt qavatli uyning balandligidek bo‘lib, loyiha 2016 yilda tuzilgan.

'Italiyada dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi'ning rasmi

Italiya dunyodagi eng katta uchohni barpo etmoqchi. Bu haqda "Il Corriere Della Sera" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo kemasi "WindRunner" deb ataladi. U juda katta hajmdagi yuklarni, xususan, hozirgilaridan ancha kattaroq bo‘lgan yangi avlod elektrostansiyalari uchun mo‘ljallangan shamol turbinalarini tashishga mo‘ljallanadi.

Samolyot loyihasini 2016 yilda Massachusets texnologiya instituti professori va qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha mutaxassis Mark Lundstrom tadqiqotlari asosida tashkil etilgan.

"WindRunner" – old tomondan yuk ortiq tizimiga ega, uzunligi 108 metr, qanot kengligi 80 metr, parvoz masofasi 2 ming kilometrgacha etadigan samolyot. Loyiha bo‘yicha allaqachon Leonardo, Magnaghi Aerospace, Aernnova, shuningdek, Gollandiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Bu loyiha orqali bir necha milliard yevro investitsiya jalb qilinishi, kamida 2,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, bilvosita ish o‘rinlari esa bundan besh baravar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Uni amalga oshirish yil oxirigacha boshlanishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:01

    Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди

    Trumpning Truth Social'dagi hazilomuz post ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:05

    Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

    8 yanvardan buyon Eron hukumatining mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani sababli axborot oqimi keskin cheklangan.

    'Eron uch kunlik motam e'lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:45

    Eron uch kunlik motam e'lon qilindi

    Эрон президенти фуқароларни миллий қаршилик маршида қатнашишга ва зўравонликни қоралашга чақирди.

    'Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:22

    Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин

    Vladimir Zelenskiy va Donald Trump urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik kelishuvni imzolashi ehtimoli bor.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 13:46