AsosiyDunyo

Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi

Voqea guvohi bo‘lgan bolalar politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.

'Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi'ning rasmi

Turkiyaning Isparta shahrida 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Hayr Muhammad Rahimiy sobiq turmush o‘rtog‘i, 28 yoshli Fotima Rahmoniyni to‘rt farzandi — 3, 6, 8 va 10 yoshli qizlari ko‘z o‘ngida bo‘gib o‘ldirdi. Voqea Iskandar mahallasidagi xonadonda, kecha kechasi sodir bo‘lgan, deya yozmoqda "zamon.uz".

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotin taxminan bir yil avval ajrashgan bo‘lsada, yaqinda yana birga yashay boshlagan. Noma’lum sabablarga ko‘ra kelib chiqqan janjal chog‘ida Rahimiy sobiq rafiqasini bo‘gib, harakatsiz holda qoldirgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari Fotima Rahmoniyni jonlantirishga harakat qilgan, ammo u kasalxonada vafot etgan.

Politsiya Rahimiyni voqea joyida qo‘lga oladi. U bo‘limda ko‘rsatma bergach, sud qarori bilan hibsga olingan. Marhumaning to‘rt farzandi esa politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.

Voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Mahalliy jamoatchilik ayollar o‘limi va oilaviy zo‘ravonlikka qarshi keskin norozilik bildirmoqda, huquq himoyachilari esa ayollar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada kimyoviy qurollarni yoʻq qilish istiqbollarini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:33

    BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada kimyoviy qurollarni yoʻq qilish istiqbollarini muhokama qildi

    Bu haqda BMTning Qurolsizlanish masalalari boʻyicha Oliy vakili Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida gapirdi.

    'Bangkokda 30 qavatli bino quyildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:41

    Bangkokda 30 qavatli bino quyildi

    Hodisa oqibatida 92 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 nafar odam jarohatlangan va 4 ishchi bedarak yo‘qolgan.

    'Keniyadagi avtohalokatda 25 kishi vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 20:46

    Keniyadagi avtohalokatda 25 kishi vafot etdi

    Qurbonlar dafn marosimiga borayotgan maktab avtobusidagi yo‘lovchilar bo‘lgani aytildi.

    'Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 10:28

    Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

    Tinchlik kelishuvi AQSh vositasichiligida Oq uy qarorgohida imzolandi.

    'Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 09:50

    Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi

    AQSh va Rossiya yetakchilari 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

    'Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:20

    Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi

    Holat ortidan 30 dan ortig‘i fuqaro bedarak yo‘qolgan.