Chimboy tumanida YPX inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Sapitiva avtomobilini boshqarayotgan 7-sinf o‘quvchisi aniqlandi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga yuborildi.
Shuningdek, o‘quvchining ota-onasi va mahalla vakillari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.