Shavkat Umurzoqov poytaxtdagi ayrim yo‘llarni ta’mirlash uchun 14 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha taklifni ma’qulladi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur mablag‘lar shaharni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilib, yo‘llarni ta’mirlash va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
Qarorga ko‘ra, mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi: — Toshkentning 12 ta tumaniga — har biriga 1 mlrd so‘mdan (jami 12 mlrd so‘m); — markaziy ko‘chalarni ekspluatatsiya qilish, saqlash va ta’mirlashga ixtisoslashgan boshqarmaga — 2 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham xuddi shu jamg‘arma hisobidan yo‘l ta’miri uchun 12 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, mablag‘lar har bir tumanga 1 mlrd so‘mdan taqsimlangan edi.






