AsosiyJamiyat

Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalqaro shaxmat maydonida tarixiy natija qayd etgan Javohir Sindorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

'Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.'ning rasmi

Davlat rahbari Nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib, ilk bor bunday yuqori natijaga erishgan grossmeysterni samimiy qutlab, bu zafar butun xalq yutug‘i ekanini ta’kidladi. Qayd etilishicha, Sindorov musobaqa davomida mag‘lubiyatsiz ishtirok etib, 14 partiyada 10 ochko jamg‘argan va rekord ko‘rsatkichlarga erishgan.

Marosimda sportchining yutug‘i ortidagi mehnat, intizom va ustozlar hissasi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, u turli davlatlardan kelgan kuchli grossmeysterlarga qarshi yuqori mahorat namoyon etgani qayd qilindi.

Tadbir yakunida Javohir Sindorov mamlakatda shaxmatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va xalqaro musobaqadagi g‘alabasi uchun “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar