AsosiyJamiyat

Qizg'aldoqzorni payhon qilganlarga 62 million so'm jarima tayinlandi

Mazkur holat natijasida tabiatga 6 million 592 ming so‘m zarar yetkazilgan.

'Qizg'aldoqzorni payhon qilganlarga 62 million so'm jarima tayinlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida lalazor hududida avtomobillarda harakatlangan shaxslar aniqlandi, ularga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda transport vositalarining lalazor maydonida harakatlanganligi aks etgan. Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida huquqbuzarlar aniqlandi, ularning avtomobillari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mutasaddilar hisob-kitobiga koʻra, mazkur holat natijasida tabiatga 6 mln 592 ming soʻm zarar yetkazilgan. Shuningdek, uch nafar huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 20 mln 600 ming soʻmdan, jami 61 mln 800 ming soʻm jarima belgilangan.

    Boshqa yangiliklar