AsosiyDunyo

Germaniya Ukrainaga yana ikki Patriot tizimini yuboradi

AQSSh bilan kelishuv asosida Kiyevga havo mudofaasi kuchaytiriladi.

'Germaniya Ukrainaga yana ikki Patriot tizimini yuboradi'ning rasmi

Germaniya AQSh bilan erishilgan kelishuvga koʻra Ukrainaga yana ikki dona Patriot zenit-raketa tizimini yuboradi.

Yangi tizimlar “yaqin kunlarda” topshiriladi, keyingi ikki-uch oy ichida esa ularni toʻldiruvchi qoʻshimcha qismlar etkazib beriladi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius maʼlum qildi.

Kievga tizimlar yuborilishi evaziga AQSh Germaniyaga keyingi avlod Patriot tizimlarini birinchi boʻlib etkazib berishga vaʼda bergan.

Hozirda Germaniyada dastlabki 12 tizimdan atigi 6 tasi qolgan. Ulardan uchtasi allaqachon Ukrainaga berilgan, ikkitasi Polshada joylashtirilgan, yana biri esa oʻquv mashgʻulotlari uchun ishlatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar